Bilasizmi?
Birinchi navbatda dala shifokorlarining koʻrsatmalariga binoan, yarani zararsizlantirish maqsadida oʻq teshib oʻtgan joy qaynab turgan moy aralashmasi bilan toʻldirilgan. Iloji boʻlsa, undan oldin oʻq va ortiqcha narsalar olib tashlangan. Buning iloji boʻlmasa, darhol qizdirilgan moy quyilgan. Bunday jarayon qanchalik tez amalga oshirilsa, omon qolish imkoniyati shunchalik koʻp boʻlgan.
Yarador odamning butun tanasi qaqshab ogʻrigan, lekin oʻsha paytlarda behush qiluvchi yoki ogʻriq qoldiruvchi vositalar boʻlmagan. Bundan tashqari, kuyish chirishga, qonning zaharlanishiga va oxir-oqibat gangrenaga olib kelishi mumkin boʻlgan.
