Shofirkon tumanining “Osiyo” massivida viloyat IIB tashabbusi bilan 10 gektar maydonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida “Yashil qalqon” barpo etishga kirishildi. Bu yerda viloyat va tuman rahbari boshchiligida tuman hokimi oʻrinbosarlari, viloyat va tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 12 ming tupdan ortiq manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilib, bogʻ tashkil qilindi.
Shuningdek, ekilgan nihollarning unib-oʻsishida ularni “obi hayot” bilan taʼminlash maqsadida suv nasosi qurib, ishga tushirildi.
M. AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
