Hudud shimoldan Moʻynoq, gʻarbdan Chimboy, Kegeyli, Nukus tumanlari, janub va janubi-shimoldan Amudaryo, Beruniy, sharqdan Taxtakoʻpir tumanlari bilan chega­radosh. Umumiy maydoni 

5,9 ming km.kv iborat boʻlib, 1 ta shahar tipidagi posyolka, 4 ta makon, 8 ta ovul fuqarolar yigʻinidan iborat. Aholisi 

53 ming nafardan ortiq.

– Tumanimizda joriy yil­ning oʻtgan 8 oyi davomida hududlarda olib borilgan ishlar natijasida umumiy jinoyatchilik 14,9 foizga, jinoyat qidiruv sohasida 7,6 foizga kamaydi. Shu hisobda, qasddan odam oʻldirish, tovlamachilik, bosqinchilik, firibgarlik, avtotransport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar sodir boʻlmasligiga erishildi. Albatta, bunda joylardagi mahalla faollari bilan hamkorlikdagi ishlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, xizmat samaradorligini oshirish maqsadida tuman IIBda monitoring xonasi tashkil etilgan boʻlib, bu bir payt­ning oʻzida xodimlarning ish jarayonini nazorat qi­lish, ikkinchidan, bu yerga integratsiya qilingan 

200 dan ortiq videokame­ralar orqali joylardagi holatni real vaqt rejimida kuzatish imkonini bermoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasi oʻlaroq, toifasiga koʻra tumandagi mahallalardan 9 tasi «yashil», 3 tasi «sariq» hududga kiritilgan, – deydi tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Beknazar Shaxanov.

Maʼlumki, jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar bilan olib boriladigan profilaktik tadbirlar katta samara beradi. Shundan kelib chiqqan holda, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan bu borada qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yil boshidan buyon Probatsiya guruhi tomonidan 51 nafar shaxs hisobdan chiqarilgan boʻlsa, 26 nafar shaxs muddatidan oldin shart­li ravishda ozod etilgan. Ayni paytda 29 nafar shaxs guruh hisobida turib, ularning belgilangan tartibga rioya etilishi nazoratga olingan. 

– Probatsiya hisobida boʻlgan shaxslarning qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdagi eng samarali usul­lardan biri – ularning band­ligini taʼminlash hisoblanadi, – deydi katta inspektor, mayor Aybek Dosnazarov. Bu yil mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalari tashkil etilib, 10 nafar shaxs ishga joylashtirildi. Hozir tuman Band­likka koʻmaklashish markazi bilan birga axloq tuzatish jazosi tayinlangan shaxslarni tumandagi korxona-tashkilot va fermer xoʻjaliklariga ishga joylashtirish choralarini koʻryapmiz. Bundan tashqari, ularning yashash manzillariga borilib, yashash sharoitini oʻrga­nish, jazoni oʻtash tartibi va maj­buriyatlarini tushunti­rish yuzasidan profilaktik suhbatlar oʻtkazib borilmoqda. 

Taʼkidlash joizki, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qiz­lar haq-huquqlarini himoya qilish, ular orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga tuman IIB HPB XQMB katta inspektori, kapitan Nazira Bekimbetova munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Joriy yil davomida tumandagi 141 xonadon oʻrganib chiqilib, aniqlangan 155 ta muammodan 143 tasi ijobiy hal etilgan. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 44 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan boʻlsa, 9 nafari Nukus shahridagi Xotin-qiz­larni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirilgan.

Oʻtgan davr mobaynida Tergov guruhi tomonidan 20 dan ortiq ishlar tergov qilinib, tegishli tartibda sudga oshirilgan. Ularni tahlil qilib qaraydigan boʻlsak, 23 foizi firibgarlik, 21 foizi yoʻl-transport hodisasi, 20 foizi hujjatlarni qalbakilash­tirish, 18 foizi tan jarohatini yetkazish, qolgan 18 foizi esa boshqa tur­dagi jinoyatlar bilan bogʻliq ekanligini koʻrishimiz mumkin. Tergov guruhi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ado­latlilikni taʼminlash choralari koʻrilmoqda. 

Qoraoʻzak tumani uchinchi sektoriga toʻrtta aholi yashash punkti biriktirilgan boʻlib, ular «Qoraoʻzak» posyolka fuqarolar yigʻini, «Gʻarezsizlik», «Ata makan», «Madaniyat» makon fuqarolar yigʻinidan iborat. Ayni kunda sektor hududidagi 2500 dan ortiq xonadonlarda 15 mingga yaqin aholi istiqomat qilib kelmoqda. Oʻtgan davr mobaynida sektor ishchi guruhi tomonidan aholining yashash sharoitini oʻrganish, ularning muammolarini hal etish yuzasidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

Migratsiya va fuqarolik­ni rasmiylashtirish guruhi tomonidan ham shu kunga qadar murojaatlar asosida 1600 dan ortiq xorijga chiqish biometrik pasporti, 5800 dan ortiq ID-karta oʻz egalariga topshirildi. Tuman hudu­diga vaqtincha yashash uchun kelgan 197 nafar xorij fuqarosi hisobga qoʻyilgan.

Shuningdek, «Pasport-viza» tadbirlari davomida 101 nafar fuqaroga nisbatan aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiy­lashtirilib, qoʻllanilgan jarimalar undirilishi taʼminlandi. Bundan tashqari, tuman IIB xodimlari tomonidan xorijga ketganlar hisobi yuritilib, uzoq muddatdan soʻng qaytib kelgan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazib kelinmoqda.  

Azamat PIRNIYAZOV,

oʻz muxbirimiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.