Namangan viloyatining Pop tumanida Rahimovlar oilasini koʻpchilik yaxshi biladi. Umr yoʻldoshi Gulshanoy opa bilan 5 nafar farzandni tarbiya­lab, kamolga yetkazgan Neʼmatjon Rahimov hayotda oʻzidan yaxshi nom qoldirdi. U Pop tumani IIB HOOB voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish guruhi inspektori lavozimida xizmat qilib, hamkasblari orasida hurmat qozongan edi. 

Katta leytenant N.Rahimov 2006-yilning 30-may kuni xiz­mat olib borayotgan vaqtida jinoyatchi tomonidan yetkazilgan tan jarohati oqibatida halok boʻlib, Prezidentimiz farmoniga koʻra, oʻlimidan soʻng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. 

Neʼmatjon Rahimovning shonli yoʻlini farzandlari, shogirdlari davom ettirmoqda. 

Toʻngʻich farzandlari Nizomjon va Nazirjon uzoq yillar yongʻin xavfsiz­ligi xizmatida faoliyat yuritib, pensiya­ga chiqqan. Uning yana bir oʻgʻli Ravshanjon esa hozirgi kunda Uchqoʻrgʻon tumani IIB JQB katta tezkor vakili lavozimida yurt osoyishtaligiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda, unvoni mayor. 

2018-yilda IIV Akademiyasini tamomlagan uning kenja farzandi Mahmudjon Rahimov Namangan shahar IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimida tergovchi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda. 

Marhum Neʼmatjon Rahimovning yana bir oʻgʻli Rustamjon tadbirkorlik bilan shugʻullanib, yurtimiz rav­naqiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. 

Nabiralari qurshovida keksalik gashtini surayotgan Gulshanoy aya farzandlarining kamolini, ular erisha­yotgan yutuqlarni koʻrib quvonadi.

Sherzod ABDUSAMADOV,

oʻz muxbirimiz.

Namangan viloyati.