IIV Surxondaryo akademik litseyida 2-bosqich oʻquvchilari ota-onalari bilan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda asosan 2023/2024-oʻquv yilini ota-onalar bilan hamkorlikda samarali tashkil etish, oʻquvchilarning maʼnaviy dunyoqarashini yanada boyitish va bugungi globallashuv axborot davrida yoshlar ongiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan tashqi omillar haqida suhbatlashildi. Bundan tashqari, ota-onalar akademik litseyda tarix, huquq, ingliz tili fanlaridan tashkil etilgan tayyorlov markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Yigʻilish soʻnggida oʻquv yili mobaynida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ota-onalariga litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati
