Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, xizmat sifati va muvaffaqiyatini koʻp jihatidan uning oilasidagi muhitga ham bogʻliq. Shu bois Fargʻona viloyati IIBda Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ota-onalari oʻrtasida samimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda IIV Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbariyati, tizim faxriylari hamda xodimlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda soʻz olganlar tergov sohasining oʻziga xos nozik jihatlari haqida alohida toʻxtalib, har bir xodimni xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishga chorladilar. Ota-onalarga esa farzandining yurish-turishi, undagi oʻzgarishlarga ahamiyatli boʻlishi kerakligi tushuntirildi. Bu borada faxriylarning oʻgit va maslahatlari eshitildi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
