Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Peshku, Romitan, Buxoro, Jondor, Olot, Qorakoʻl, Kogon, Qorovulbozor tumanlari va Kogon shahrida vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida “Xavfsiz xayot uchun birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual oʻyinlarining shahar-tuman bosqichlari oʻtkazildi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Gʻolib jamoalar “Zakovat”intellektual oʻyinining viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
