Gʻijduvon tumani 3-sektor rahbari, IIB boshligʻi, podpolkovnik A.Xoliqov “Xalqobod” mahallasidagi ishsiz fuqarolarni band qilish maqsadida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Jarayon davomida 18 nafar ishsiz xotin-qizlarga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari,10 nafar fuqarolarga chorva mollari taqdim etildi.

  Shuningdek, aholiga uzoq muddatga berilgan 30 sotixli yerlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishtirilishi ham koʻzdan kechirildi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 400 dan ortiq xonadonlarga bukletlar tarqatildi. Yana hududda 7 ta kuzatuv kamerasi oʻrnatilib, profilaktika inspektor xonasiga integratsiya qilindi.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.