“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida oʻtkazilib kelinayotgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar IIV Malaka oshirish institutida ham yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, yaqinda mazkur taʼlim muassasasi tinglovchilarining ruhiy-psixologik holatini oʻrganish, ular bilan psixologik treninglar oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan “Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida psixologik bilimlarning oʻrni” mavzusidagi davra suhbati ham fikrimiz tasdigʻidir.
Unda soʻzga chiqqan psixolog A. Abdullaev mamlakatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari oʻzlariga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotganligi, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga shart-sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish hamda voyaga yetmaganlarga alohida yondoshuv asosida taʼlim-tarbiya berish, shuningdek, hozirda sodir etilayotgan jinoyatlarning koʻpchiligi, ijtimoiy tarmoqlar va nosogʻlom oilaviy muhit taʼsirida boʻlayotganligini taʼkidladi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
