“Dolzarb 40 kun” oyligi doirasida Buxoro shahrining “Piridastgir”, Olim Xoʻjayev nomli hamda Sadriddin Ayniy nomidagi mahallalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

  Jarayonda mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmogʻi yuqori boʻlgan jinoyatlarning oldini olishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi. Mahallalarda faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qoʻshma qaror ijrosi boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralari koʻrildi. Shuningdek, viloyat IIB boshligʻining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mobil targʻibot guruhi” ham shahardagi mahallalarda, jamoat joylari, korxona-tashkilotlarda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

        

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.