“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Fargʻona viloyati IIBda saf tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazilib, yosh xodimlarga zaruriy koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Ularning safda yurish borasidagi koʻnikmalari yanada mustahkamlandi.

Harbiy dala oʻquv maydonida PPX batalʼoni, Margʻilon shahar, Rishton Oltiariq hamda Buvayda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari ishtirokida amaliy oʻq otish mashgʻulotlari ham oʻtkazildi.

IIV Fargʻona akademik lisey oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqalar ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.