Yangiyoʻl shahrining Samarqand koʻchasidan oʻtib ketayotgan A.Q. ning harakatlari shu yerda xizmat olib borayotgan osoyishtalik posbonlarida shubha uygʻotdi. Shundan soʻng, uning buyumlari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, qoʻlidagi sumka ichida 30 dona turli hajmdagi qoʻlbola usulda yasalgan pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, “Ramadan” mahallasida yashovchi ushbu kimsa, “paqildoq”larning har birini 150 ming soʻmdan sotishni rejalashtirgan ekan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
