Yangi yil bayrami yaqinlashgan sayin pirotexnika vositalariga boʻlgan talab ham “ortib bormoqda”. Ayrim fuqarolarning pirotexnika vositalarning noqonuniy savdosini oʻziga kasb qilib, oson boylik orttirishga harakat qilgani, fuqarolar salomatligi va xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tabirlar ijobiy samarasini beryapti. Yaqinda Mingbuloq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Mulkobod” mahallasida yashovchi 2003 yilda tugʻilgan E.M. mahalladoshi I.B.ning “Neksiya” rusumli avtomashinasida Fargʻona viloyatidan 14 blok “Britanik”, 4 blok “Slovkiy razaboynik” nomli perotexnika vositalarini 2.000.000 soʻmga sotib olib, ularni sotish uchun olib kelayotganligi aniqlangan. Endi E.M. oʻzining qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda jazoga tortiladi va pirotexnika vositalari sudning qarori bilan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

Oybek XOLMURODOV,

Mingbuloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi

katta tergovchisi, kapitan,

Ulugʻbek ABDUVOHIDOV, boʻlinma tergovchisi,

katta leytenant.

Namangan viloyati.