Shu yilning 13 yanvar kuni Fargʻona shahrining Shifokorlar koʻchasida joylashgan savdo doʻkonida oʻgʻrilik sodir boʻldi.
Doʻkon egasi M.A. ichki ishlar organiga murojaat qilib, nomaʼlum shaxs 300 ming soʻmlik parfyumeriya mahsulotlarini oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati tarqatgan xabarga koʻra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni S.F. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
