Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB M va FRBda ham sohaga oid qaror hamda farmonlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida xorijga chiqish uchun ID-kartalarga ariza bergan 3548 nafar, biometrik pasportini olish uchun 12451 nafar fuqarolarga hujjatlar rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, qoʻshni tuman va viloyatlardan vaqtincha yashash maqsadida kelgan 1738 nafar fuqaro doimiy pasport hisobiga kiritildi. 13 nafar chet el fuqarosiga “Xorijiy fuqaro uchun” va 30 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun” Oʻzbekiston Respublikasida yashash ID-kartalari topshirildi. 

Tuman hududida oʻtkazilgan “Pasport-viza” profilaktik-ogohlantiruv tadbiri davomida, IIB M va FR boʻlimi xodimlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan 1740 nafar fuqaro yashash joylari boʻyicha tekshirilgan. Natijada, pasport tizimi qoidalarini buzgan 327 nafar shaxs aniqlanib, ularga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, xorijiy fuqarolarni oʻz uylarida noqonuniy yashashiga sharoit yaratib bergan 7 nafar uy egalariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi uchun olib borilayotgan saʼy-harakatlar davom ettirilmoqda.  

Farruh BOYMIRZAYEV,

Kitob tumani IIB M va FRB boshligʻi, katta leytenant.