“Paxtazor” Qarshi shahrining aholi gavjum mahallasi boʻlib, ayni paytda “qizil” toifada. Mahallani “yashil”ga oʻtkazish uchun masʼullar biriktirilib, kriminogen vaziyatni jilovlash maqsadida tegishli tadbirlar bilan birga, obodonchilik ishlari ham amalga oshirildi. 

Yaqinda viloyat hokimi Murotjon Azimov mahalla yettiligi hamda boshqa masʼullar bilan muloqot qilib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muhokama qildi. 

Bu jarayonda davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahallada osoyishta va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan tashabbuslar alohida taʼkidlandi. Bunday oʻzgarishlar mahallani yanada obod va farovon boʻlishi, jinoyatdan xoli hududga aylanishiga xizmat qilishi qayd qilindi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.