Quvasoy shahridagi yashovchi A.A.ning plastik kartasida 2 million 380 ming soʻm pul bor edi. Joriy yilning 10 may kuni ushbu pullar oʻz-oʻzidan gʻoyib boʻldi. Bundan ajablangan jabrlanuvchi ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qildi.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borildi. Natijada ushbu jinoyatni voyaga yetmagan N.N. sodir etganligi aniqlanib qoʻlga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
