Navoiy viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeliga qarashli “Navoiy – Tinchlik” temir yoʻl bekatlari oraligʻida navbatdagi profilaktik tadbirni oʻtkazishayot edi. “Damas” rusumli avtomashinaning toʻxtab-toʻxtab harakatlanishi ularning eʼtiborini tortdi. Mashinani toʻxtatib tekshirishganida, uning salonida Samarqand viloyati Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi 25 yoshli X.E hamda 21 yoshli B.X borligi aniqlandi.
Mashinadagi qopga joylangan qum xodimlarda shubha uygʻotdi. Bu haqda soʻralganida, ikkala fuqaro poyintar-soyintar javob berishdi. Shu sababdan osoyishtalik posbonlari qum tarkibida tilla zarralari boʻlsa kerak degan gumonga borishdi. Shuning uchun xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qop tekshiruvga joʻnatildi. Tekshiruv natijalari ularning shubhasini tasdiqladi. Qopdagi qum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli korxonalardan biriga joʻnatilayotgan vagonlardan oʻgʻirlanganligi maʼlum boʻldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
