Jizzax viloyati Baxmal tumani “Oyqor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Z.F. oʻgʻirlikka qoʻl urdi. Oʻz navbatida ayolning jinoyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fosh etildi. Voqeaning bunday rivojini kutmagan gumonlanuvchi yashirinishni maʼqul koʻrdi. Natijada joriy yilning 2 martida sud unga nisbatan qidiruv eʼlon qildi.
Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari Z.F.ning jazodan qutilib qolishiga yoʻl qoʻymadilar. Yaʼni uning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qoʻlga olindi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
