Surxondaryo viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha jamoat tashkilotlari hamkorligida mehnat yarmarkalari tashkil etildi, deya xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati. Unda ish izlab yurgan vohadoshlarimiz va shahar-tuman IIB hamda sogʻliqni saqlash idoralari hisobida turgan shaxslar uchun boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.  

Jumladan, joriy yilning 23 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar Termiz shahar, Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Qumqurgʻon, Shoʻrchi, Oltinsoy, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlarida oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida jami 1271 nafar ishsiz profilaktik hisobda turgan shaxs ishtirok etdi. Ulardan 154 nafari zaxiralangan boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirildi.

Mehnat yarmarkalari davomida hisobda turgan fuqarolar bilan faol ijtimoiy-siyosiy fikrlash, axloqiy yetuk qadriyatlarni rivojlantirish, shuningdek, mehnat qilish koʻnikmalarini singdirishga qaratilgan tushuntirish va targʻibot ishlari olib borildi. 

Bunday mehnat yarmarkalari davom etmoqda.

Feruza RAHMONQULOVA,

«Postda» muxbiri.

Surxondaryo viloyati.