Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar xavfsizligi" kuni doirasida "Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. Unda viloyat IIB masʼul xodimi, institutning profilaktika inspektori hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan suhbatda psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda ijtimoiy hayotga taʼsiri, uni isteʼmol qilish, sotish va sotib olishning achinarli oqibatlari tushuntirildi. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashishning samarali yoʻllari hamda uning domiga tushib qolmaslik uchun qator tavsiyalar berib oʻtildi.

Oʻz muxbirimiz.