Jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi doirasida Fargʻona viloyatida probasiya xizmati nazoratida turgan 1158 nafar shaxs bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, 158 nafar ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazoratdagi shaxslarning ish joylari tekshirildi. Tungi tekshiruvlar davomida jami 98 nafar ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan nazoratdagi shaxslarning cheklovlarga amal qilayotganligi ularning yashash manzillariga borib oʻrganildi. Cheklovlarga amal qilmayotgan, tayinlangan jazolarni oʻtashdan qasdan boʻyin tovlagan shaxslarning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirildi.
Shuningdek, Qoʻqon shahri hamda Bagʻdod tumanida aholi bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida seminarlar tashkil etilib, ish bilan band boʻlmagan aholini ish bilan taʼminlash, kasbga yoʻnaltirish va subsidiyalar ajratilishi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorida ishga joylashtirish masalalarida tushuntirish berildi.
Qoʻqon shahar IIB Probasiya boʻlimi hisobida boʻlgan, prezident farmoniga koʻra afv etilgan shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, 1 nafar shaxs ish bilan taʼminlandi.
Tadbirlar davomida 65 nafar nazoratdagi shaxslar sudlar tomonidan muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod etildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
