Yaqinda Malayziyaning Malaka shahrida boʻlib oʻtgan sportning taekvon-do turi ITF yoʻnalishi boʻyicha jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan Toshkent viloyati Nurafshon shahar IIB profilaktika inspektori, leytenant Sardor Usmonov 80 kg. vazn toifasida barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, oltin medalga loyiq topildi.

Shu munosabat bilan uning sharafiga davlatimiz bayrogʻi baland koʻtarilib, madhiyamiz yangradi. 

Biz ham mahoratli sportchimizni ana shunday gʻalaba bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.