Qiziltepa tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish borasida ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan 9 oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyat” kafedrasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Rustam Dushanov tuman hududida mavjud 53 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika (katta) inspektorlari kunlik ish faoliyati mobaynida amalga oshirishi lozim boʻlgan ishlarga toʻxtalib, profilaktika inspektori mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda oʻz hududidagi aholiga namunali xizmat koʻrsatishi kerakligini aytib oʻtdi. Soʻzi davomida tumandagi 5 ta “qizil” va 15 ta “sariq” toifaga kiritilgan mahallalarning profilaktika inspektorlari bilan alohida-alohida gaplashib, ularning xizmat hududida vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Mahliyo XOLOVA,
"Postda" muxbiri.
Navoiy viloyati.
