Qiziriq tumani hokimligida tuman hokimi Anvar Oripov hududda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Unda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa, yoshlar har xil oqimlarga kirib ketmasligi yoʻlida olib borilayotgan ishlar yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Yigʻilish soʻngida oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashgan profilaktika inspektorlari tuman hokimining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.