"Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida Navoiy viloyati IIB xodimlarining kasbiy mahoratni oshirish borasida kompleks tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ularning ruhiy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish, stress va depressiya holatlariga tushib qolishining oldini olish, ishchanlik qobiliyatini oshirish, muomala madaniyatini yuksaltirish hamda jamoada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash maqsadida viloyat IIB mutaxassis-psixologlari tomonidan navbatdagi psixodiagnostik mashgʻulot va trening oʻtkazildi. Albatta, shaxsiy tarkib jangovar shay holatda boʻlishi va oʻz vazifasini talab darajasida bajarishining eng muhim shartlaridan biri ham ruhiy sogʻlomlikdir. Shunday ekan, bu kabi trening mashgʻulotlari kelgusida oʻz samarasini berishi shubhasiz.


Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.