Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan sohaviy xizmat xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan oʻtkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.
Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar oʻtkazilib, kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berilmoqda.
Elyor Islomov,
Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati katta inspektori.
