Xodimlarning xizmat davomida doimiy ruhiy tetik, jangovar shay holatda boʻlishini taʼminlashda mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan jangovar va psixologik mashgʻulotlar alohida oʻrni bor .

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining psixologik taʼminlash boʻlimi mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimida oʻtkazilgan navbatdagi trening mashgʻulot xodimlarning ruhiy salomatligi hamda ish faoliyatida uchun manfaatli boʻldi, deya olamiz. 

 Psixologik trening mashgʻuloti davomida mutaxassislar xodimlarga asosan kattalarda uchraydigan ayrim zararli odatlar va uning profilaktikasi xususida atroflicha tushuntirishdi. Bu boradagi nazariy maʼlumotlar va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish tartibi boʻyicha tavsiyalar berildi.

Bu kabi psixologik trening mashgʻulotlari xodimlarning ruhiy holatini yaxshilash, irodasini mustahkamlash, kasbiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Oʻz muxbirimiz. 

Samarqand viloyati.