Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-harbiy qismning 2-batalyonida Navoiy viloyatida yashovchi 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar bilan “Yangi Oʻzbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida oʻquv yigʻini oʻtkazildi.
Unda viloyat IIB HPB, Probasiya boʻlimi, MMI va KBTX psixologlari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hududiy boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Oʻquv yigʻini davomida psixologik treninglar, saf mashgʻulotlari, sport oʻyinlari oʻtkazildi. Bundan tashqari, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etilib, ayollarning bandligini taʼminlash borasida yaratilgan keng imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.
Mahliyo MIRZAYEVA,
podpolkovnik.
Navoiy viloyati.
