Joriy yilning 18-yanvar kuni Fargʻona viloyati Bagʻdod tuman IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida firibgar ayol qoʻlga olinadi. Yaʼni, ichki ishlar organlariga xizmatga kiritib qoʻyishini aytib, buning evaziga fuqarodan 7 ming AQSh dollari berishini soʻragan bu kimsa, kelishilgan mablagʻning 2 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanadi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu ayol, muqaddam 3 marotaba sudlangan boʻlib, pullarni oʻz ehtiyoji yoʻlida olganligi, ularni boshqa shaxsga berish niyati boʻlmaganligini bildirgan.
Endilikda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
