Hali yigirma yoshga ham kirmagan S.A., Sh.B. D.A. va A.D. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, qasddan jinoyat sodir qilish yoʻliga oʻtishadi. Yaʼni, ular 19-iyun kunidan 26-iyun kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Buxoro shahridagi koʻp qavatli uylardan birida vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda “Epson L-3100” rusumli rangli printer yordamida 100000 soʻmlik pul kupyuralarini kelgusida oʻtkazish maqsadida koʻpaytirishadi. Tezkor maʼlumot asosida Gʻijduvon tumani IIB TQX JQB xodimlari tezkorlik bilan tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida “ixtirochi”lar qalbaki pullarni savdo doʻkonlari va fuqarolarga oʻtkazib kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Mazkur holat boʻyicha tuman IIB tomonidan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nurali RAJABOV,
mayor.
Buxoro viloyati.
.
