Shu yilning 18-sentabr kuni Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida yashovchi, savdo bilan shugʻullanuvchi fuqaro A.A. IIBga murojaat qilib keldi.
Uning aytishicha, joriy yilning avgust oyida nomaʼlum shaxs u ishlaydigan doʻkonga kiradi va 100 AQSH dollari berib, evaziga 405 ming soʻmlik kiyim-kechak sotib oladi. Sotuvchi esa qaytimiga 650 ming soʻm pul beradi. Ammo keiynchalik xaridor bergan 100 AQSH dolari qalbaki ekanligi maʼlum boʻladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati bergan xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
