Romitan tumani IIB binosida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishchi guruh aʼzolari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi va tuman Xalq taʼlimi boʻlimining masʼul rahbarlari, tuman IIB xodimlari ishtirok etishdi.

Ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi ijrosini taʼminlash boʻyicha 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilanib olindi.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.