Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida shaxsiy tarkibning kasbiy mahorati hamda huquqiy bilimini oshirishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda boshqarma shaxsiy tarkibi hamda hududiy boʻlim va boʻlinmalar xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor A.Abdirahmanov ochib, “Ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbirda IIV Transport va Turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
