IIV Malaka oshirish institutining Qashqadaryo filialida ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha (katta) inspektorlarining bilim va kasbiy mahoratini mustahkamlash maqsadida sayyor oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda. Joriy yilning 1 fevral kuni boshlangan oʻquv yigʻini 5 fevralga qadar davom etadi.

Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan oʻquv yigʻinida xotin-qizlar masalalari boʻyicha 16 nafar (katta) inspektor qatnashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablarini amaliyotga toʻliq tatbiq etish borasidagi xizmat koʻnikmalari boytilmoqda. 

Sayyor oʻquv yigʻini tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvaliga asosan olib borilmoqda. 

Uygʻun ABDUSALOMOV,

IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktorining xodimlarning 

malakasini oshirish boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik.