Ichki ishlar organlariga Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Moʻlkanlik” mahallasida yashovchi D.A. murojaat qilib, Jizzax shahrining Ulugʻbek mahallasida istiqomat qiluvchi A.Gʻ.dan 250 million soʻm pulini undirishda yordam soʻragan. Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning yanvarʼ oyida “11 kundan soʻng qaytarib beraman” deya A.Gʻ. jabrlanuvchidan qarzga 250 million soʻm pul olgan. Lekin vaʼdasida turmagan.

Qisqasi, firibgarlikda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.