Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuz mavsumiga start berildi.

Taʼkidlash lozimki, bu yil viloyatda 6 mln. 947 ming dona mevali, manzarali daraxt va buta koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Qarshi shahrida boshlangan mazkur tadbirda viloyat sektor rahbarlari ishtirok etib, 4 gektar maydonda 2 mingga yaqin mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.