Urganch shahrida yashovchi A.X. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurdi. Ichki ishlar organlari tomonidan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. 

Viloyat IIB JXX JTSB PPX batalʼoni ijtimoiy-ommaviy va madaniy tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlash otryadi guruh komandiri, katta serjant Oʻlmasbek Xolliev hamda 2-otryad boʻlinma komandiri, serjant Rasulbek Taganovlar mazkur maʼlumot asosida tezkor qidiruv tadbirini amalga oshirishdi. Natijada belgilangan qonun talablariga zid ravishda yashirinishga uringan A.X. Urganch shahar hududida ushlanib, shahar IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimiga topshirildi.  

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.