Xonqalik O.P. firibgarlik jinoyatini sodir qilib, ichki ishlar organlari xodimlaridan yashirinishni maʼqul koʻrdi. Shundan soʻng bu kimsaga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzar O.P. Urganch shahar hududida ushlanib, tergov organiga topshirildi. 

Shuningdek, oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilgan yangiariqlik U.B. ham qilgʻilikni qildi-yu, jazodan qutulib qolmoqchi boʻldi. Afsuski uning bu “reja”si ham amalga oshmadi. Chunki ichki ishlar organlari xodimlari uni Urganch shahar hududida qoʻlga olib, tergov jarayonida ishtirok etishini taʼminladi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.