Yaqinda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida xizmat faoliyatini olib borayotgan yoʻl-patrul xizmati inspektori, safdor M. Maxamadjonov mazkur hududda harakatlanayotgan fuqarolardan biri D.J.ga tegishli maʼlumotlarni planshet orqali tekshirib koʻradi.

Ichki ishlar organlari xodimi tomonidan qilingan tezkor saʼy-harakatlar tufayli, ushbu shaxs jinoyat sodir etganligi uchun poytaxt IIBB tomonidan qidiruvda ekanligi aniqlanadi. 

Shundan soʻng, mazkur fuqaro Chirchiq shahar IIBga topshiriladi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.