Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Qimor – bu tuzoq” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
“Intizom” oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu kechada soʻz olganlar xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, maʼnan yetuk, halol, mard va jasur insonlar qilib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, ona Vatanimiz osoyishtaligi yoʻlida munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh harbiylar qism qoʻmondonligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazmunli oʻtgan mazkur tadbir yakunida uning ishtirokchilari eʼtiboriga “Qimor – bu tuzoq” nomli xujjatli filʼm ham namoyish etildi.
Abduhamid OLLAYOROV,
kichik serjant.
