Yaqinda Qarshi shahridagi kasb-hunar maktabida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli mazkur hududda joylashgan 7533-harbiy qism askarlari hamda ushbu taʼlim muassasasi oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Kelajagimiz egalarining bilim saviyasini yanada boyitish maqsadida tashkil etilgan ushbu bellashuvlarda oʻzlarining har tomonlama ustunliklarini barchaga namoyish etgan muddatli harbiy xizmatchilar gʻalaba qozonishdi.
Shunday qilib, mazmunli va qiziqarli tarzda oʻtgan mazkur tadbir yakunida gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
