Jizzax viloyati IIB HPB masʼullari tomonidan Doʻstlik tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar sifati oʻrganildi. Mazkur jarayonda “qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda profilaktika inspektorining mahalla faollari bilan hamkorligi, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar uchun maktablarda yaratilgan sharoitlar hamda soha vakillarining taʼlim muassasalaridagi faoliyati baholanib, ularga holatni oʻnglash boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berildi. Shu kuni Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda ov quroliga ega boʻlgan fuqarolar xonadoni oʻrganildi, tuman hududidagi bir qator savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini texnik qoʻriqlash markazlari qoʻrigʻiga olish choralari ham koʻrildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“POSTDA” muxbiri
Jizzax viloyati.
