S.Valibek (ismlar oʻzgartirildi) halol mehnatdan koʻra, oʻgʻrilik qilishni afzal biladiganlar xilidan. Shu bois ham besh marotaba javobgarlikka tortilib, turli muddatlarda jazosini ham olgan. Bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarmagan S.Valibek Buxoro shahar IIOFMB Probatsiya nazoratida boʻla turib, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlaydi. Natijada jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi.
Viloyat hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kun” hamda “Qidiruv” tadbirlari davomida ichki ishlar organlari xodimlari S.Valibek yashiringan manzilni aniqladi. U Kogon tumani hududida ushlanib, 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
