Xorazm viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni

inspektorlari, safdor U. Qarriyev hamda serjant Sh. Olimovlar kechki payt Urganch shahar “Amir Temur” istirohat bogʻi oldida xizmat olib borayotgan edi.

Osoyishtalik posbonlarida ikki nafar fuqaroning xatti-harakati shubha uygʻotdi. Ularni darhol suhbatga tortib, xizmat plansheti orqali tekshiruvdan oʻtkazishganida, urganchlik P.T. oʻgʻrilik jinoyatini sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi aniqlandi va shahar IIOFMBga topshirildi.

Batalyon xodimlari qochoqning yonida boʻlgan Б.N.ни ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechirishganida, choʻntagida sovuq qurol borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Saʼdulla ABDULLAYEV,

safdor.