Namangan viloyati hokimining farmoyishiga asosan viloyat hududida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, harakat ishtirokchilarining yoʻldagi madaniyatini oshirish maqsadida IIB JXX YHXB binosida viloyat hokimining oʻrinbosari, YHXB boshligʻi, haydovchilikka nomzodlarni tayyorlovchi davlat va nodavlat avtomaktab rahbar hamda xodimlari, shuningdek, boshqa aloqador idora vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida soʻnggi paytlarda YTHlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay qoidabuzarlik hamon davom etayotgani, natijada ayanchli hodisalar yuzaga kelayotgani keng muhokama qilindi.
Yigʻilish soʻngida Yoʻl posboniga tayinlangan avtomaktab xodimlariga guvohnoma, maxsus jilet va bosh kiyimi hamda jezl tayoqlari topshirildi.
Yigʻilish yakunida OAV vakillari ishtirokida mavzuga doir brifing oʻtkazildi. Unda ayni kunlarda respublikaning barcha hududlarida davom etayotgan "Diqqat, piyoda!" oyligi doirasida amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
