Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda “Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligi bilan bogʻliq jinoyatlar” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Unda soʻz olgan Zarafshon shahar IIB YPX inspektorlari, safdorlar J. Qurbonov va E.Ummatovlar bugungi kunda mazkur koʻngilsizliklarni bartaraf etish yoʻlida soha xodimlari tomonidan koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilayotgani haqida batafsil toʻxtaldi.

Shuningdek ular ona Vatanimiz himoyachilariga ham avtotransport vositalaridan foydalangan vaqtida yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish lozimligi toʻgʻrisida keng tushunchalar berib oʻtdi.  

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.