Zomin tumani Birlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Oʻ.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, uyali aloqa vositasini nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketganligini bildirgan. Xuddi shunday, Gʻallaorol tumanining «Lalmikor» mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Oʻ.I. payvandlash uskunasidan ayrilib qolganligini maʼlum qilgan. 

Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzarlik Gʻallaorol tumanining «Moltob» mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi J.S. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan uyali aloqa vositasi va payvandlash uskunasi hujjatlashtirib olingan.   

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.