Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy shahrida joylashgan 7532-harbiy qismda oʻzining yigitlik burchini oʻtash uchun kelgan yosh askarlarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Ayni paytda xizmat safari bilan shu yerda boʻlib turgan Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari, polkovnik F. Ergashev muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi. U kelajagimiz egalariga harbiy xizmatni oʻtash va askarlar uchun koʻzda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berdi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha masʼullarga ularni ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirish hamda oʻtkaziladigan barcha mashgʻulotlarni sifatli tashkillashtirish boʻyicha oʻzining tavsiyalarini ham berib oʻtdi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.