IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari navbatdagi reyd tadbirlarining birida qonunbuzilish holatini aniqlashdi. 

Gap shundaki, temir yoʻl deposi yaqinida istiqomat qiluvchi 28 yoshli fuqaro 67 dona jami 4 mln soʻmlik temir yoʻl relsini mustahkamlovchi qismlarini mototsikliga yuklab ketayotgan edi. Mazkur hududdda xizmat olib borayotgan HPB katta inspektori, katta leytenant Asqar Tillayevning sergakligi tufayli qonunbuzar qoʻlga olindi. Unga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasi tayinlandi. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.